Maktabgacha ta’lim menejmenti kafedrasi

“Maktabgacha ta’lim menejmenti” kafedrasi

Kafedra 2018 yilda “Maktabgacha ta’lim menejmenti” kafedrasi sifatida faoliyatini boshlagan. Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: “Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion boshqaruvni takomillashtirish texnologiyalari”. Mazkur kafedrada 2018 yil 4 ta:

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, jahon tajribasi;

  • Maktabgacha ta’lim muassasi xodimlarini boshqarish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida majburiy mehnat;

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish

  • Maktabgacha ta’lim bo`limi faoliyatini samarali tashkil etishda rahbarning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalash modullari bo`yicha MT-1, MT-2, MT-3, MT-4, MT-5, MT-6, MT-7, MT-8, MT-9, MT-10, MT-11, MT-12 toifalari bo‘yicha tinglovchilarga davlat talablari asosida bilim, ko`nikma va malakalarini muntazam oshirib borilgan.

2019 yilga kelib institutda 24 ta toifa shakllanttirildi.
2018 yil iyul oyidan boshlab, kafedrada – 6 nafar asosiy, 3 nafar soatbay professor-o’qituvchilar faoliyat yuritgan. Jumladan: ilmiy salohiyat 44%ni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi kunda 2 nafar professor, 5 nafar dotsent va 6 nafar katta o’qituvchilar, ilmiy salohiyat 40 foizni tashkil etadi.
Kafedra tashkil etilganda uning tarkibida dotsent P.Xolmatov, p.f.d. professor S.Turg`unov, p.f.n. Sh.Fayziyeva, t.f.n. dotsent N.Gulboyev, doktorant D.Pulatova, katta o`qituvchilar: Z.Kim, Z.Umataliyev, Sh.Boyjigitov, N.Mavlonov, R.Haydarov faoliyat ko`rsatgan.
2019 yil yanvar oyidan boshlab kafedra mudiri P.Xolmatov, professorlar A.Nigmatov va S.Turg`unov, dotsentlar: T.Saparov, A.Parmanov, H.Madraimov, Sh.Ne’matov, katta o`qituvchilar: Z.Umataliyev, Z.Umarov, Sh.Boyjigitov, N.Mavlonov, R.Haydarov, M.Hamdamova, G.Sharipova va A.Kamalovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kafedrada 2019-o'quv yilida o'qitiladigan modullar ro'yxati:

  • Maktabgacha ta'lim tizimida hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash

  • Maktabgacha ta'lim sohasidagi horijiy tajribalar


  • Maktabgacha ta'lim muassasalarini jihozlash me'yorlari

  • Maktabgacha ta'limda sifat menejmenti

  • MTBlarni kadrlar bilan ta'minlash va ularni rivojlantirish

  • Maktabgacha ta'lim tizimida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni maqsadli sarflanishini tashkil etish

  • Hayot faoliyati xavfsizligi

  • Maktabgacha ta'lim tizimidagi horijiy tajribalar

  • Uslubiy yo‘nalishdagi turli xil tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish

  • Maktabgacha ta'lim muassasalarini jihozlash me'yorlari

  • Maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorlash

  • Axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ijro intizomi

  • Davlat xususiy-sherikchilik asosidagi MTMlarini moddiy-texnik ta'minlash

  • Kadrlarni rivojlantirish

  • Maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish

  • MTMlarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash

  • Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish

  • Maktabgacha ta'lim muassasalarida ijro intizomi

  • Boshqaruv lavozimlari ro‘yxatini o‘rganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zahirasini shakllantirish

  • O‘quv, seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish

  • Personalni boshqaruv

  • Pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish

  • Maktabgacha ta'lim tizimida ijro intizomi

  • Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini rejalashtirish

  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

  • Maktabgacha ta'lim muassasasi boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

  • Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash

  • Maktabgacha ta'lim muassasalarining elektron (virtual) kutubxonasini tashkil etish

  • Maktabgacha ta'lim tizimi ta'lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

  • Elektron-axborot ma'lumotlar bazasini yaratish

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or horijiy tajribalar

  • Maktabgacha ta'lim tizimidagi “OpenEMIS” elektron dasturi bilan ishlash

  • Maktabgacha ta'lim muassasasida interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.

  • Maktabgacha ta'lim tizimida axborot xavfsizligi

  • Masofaviy o‘qitish tizimidan foydalanish

  • Maktabgacha ta'lim muassasasasida ma'lumotlar bazasini joriy etish.

Ilmiy faoliyat

Kafedrada professori A.Nigmatov tomonidan “Ekoturizm va uning geografik xususiyatlari” nomli monografiyasi 2019 yil nashr etildi.
Mazkur kafedraning professor-o`qituvchilari muntazam ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullanib kelmoqdalar. Kafedra mudiri P.Xolmatov “Uzluksiz ta’lim tizimida o`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish texnologiyasi” mavzusida doktorlik, katta o‘qituvchi G.Sharipova “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘z-o‘zini tarbiyasini rivojlantirish” mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasi va doktorant D.Pulatova “Xalq ta’limi xodimlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish mexanizmini takomillashtirsh” mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.
Kafedraning boshqa katta o‘qituvchilari ham 2019 yil o‘zlarining yillik shaxsiy ish rejalariga ilmiy ish mavzusini tanlash va uni tasdiqlatish, doktoranturaga kirish kabi maqsadli vazifalarni belgilab qo‘yishgan.

Ma’naviy faoliyat

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishi bayonnomalar, hisobotlar asosida mavjud. Shuningdek, kafedraga biriktirilgan barcha malaka oshirish guruhlari rahbarlarining har bir oy uchun tinglovchilar bilan birgalikda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ish rejasi ishlab chiqilgan. Ish rejasi asosida kurs davomida guruhni institut va tinglovchilar turar joyidagi ichki tartib intizom qoidalari bilan tanishtirish, tinglovchilarini institutning ARM (kutubxona)siga a'zo bo‘lishiga amaliy yordam berish, tinglovchilar bilan teatlarga borib spektakllar tamosha qilish, guruh bilan birgalikda institutda tashkil etiladigan konkurslarda qatnashish, muhim sanalar va mutaffakkirlarning tavallud ayyomlari munosabati bilan o‘tkaziladigan davra suhbatlari tashkil etish, tinglovchilarni Respublika ilmiy pedagogik va boshqa kutubxonalarga tashrifini tashkil etish, shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish, seminar va bayram tadbirlari o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy sohaga doir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik qarorlari, buyruqlari va modemnomalarida berilgan vazifalar ijrosi kafedra miqyosida va guruhlarda ta’minlanmoqda.
Jumladan: 1) Kafedra professor-o’qituvchilari va guruh rahbarlari tomonidan guruhlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ish rejasida “Tili omon bo‘lsa – o‘lmaydi millat”, “Baland hilpirayver millat g‘ururi”, “Vatan himoyachilari kuni”, “8 dekabr – Konstitutsiya kuni”, “9 fevral – Alisher Navoiy tavallud kuni”, “14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni” mavzularida davra suhbatlari hamda uchrashuv kechalari tashkil etish va o`tkazish muntazam yo`lga qo`yilgan;