Joriy yilning 23-sentabrida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Ajdodlarga munosib voris bo`laylik” mavzusida ma’naviyat soati bo`lib o`tdi. Tadbirda Jamila Shermuhammedova (Professor, siyosatshunos, “Ma’rifat” targ`ibotchilar jamiyati a’zosi), Gulchehra Ibragimova (Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari va institut xodimlari ishtirok etishdi.
Ma’naviyat soatida mutaxasislar so`zga chiqib yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlar, kattalarga hurmat, mehribonlik va bag`rikenglik, shuningdek, Vatanga va o`z xalqiga sadoqatni yanada yuksaltirish borasida o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Qizg`in o`tgan savol-javoblardan keyin tadbirga yakun yasaldi. Institutning faol xodimlariga Markaz tomonidan kitoblar to`plami sovg`a qilindi.