Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Andragogik yondashuv asosida o`quv jarayonining sifatini oshirish yo`llari” mavzusida yana bir ajoyib trening o`tkazildi. Trening institutda faoliyat olib borayotgan professor-o`qituvchilar ishtirokida bo`lib o`tdi. Undan ko`zlangan asosiy maqsad MTTDMQTMO instituti professor-o`qituvchilarining kompetensiyalarini yanada oshirishdir. Butun kun davom etgan trening yangi metodlar, tavsiya va amaliy mashqlar bilan ishtirokchilarning bilim va ko`nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Leave a Comment