Joriy yilning 14-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Bolalik akademiyasi” platformasi mualliflari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Institut professor-o‘qituvchilari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari “Zoom” platformasi orqali ishtirok etdilar. Tashkil etilgan uchrashuvda “Bolalik akademiyasi”ning maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘rni, undan foydalanishning afzalliklari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar undan qanday foydalanishlari haqida ma’lumotlar berildi.
Eslatib o`tamiz ushbu platforma joriy yilning aprel oyida ishga tushirilgan bo`lib, unga 20 mingga yaqin pedagogni qamrab olish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 1,5 millionga yaqin bolalarning oʻqish va rivojlanish natijalarini yaxshilashni koʻzda tutilgan.