Butun dunyo e’tiborini o`ziga qaratgan, joriy yilning 14-16-noyabr kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan “Kichik yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash” bo‘yicha Ikkinchi Butunjahon konferensiyasining bir qator deligatsiyasi konferensiyaning so`nggi kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, o`qitish metodlari va yangi loyihalar haqida deligatsiya a’zolariga ma’lumot berildi. Shuningdek, ular institut bo`ylab tashkil etilgan kichik sayohat davomida dars jarayonlarini ham kuzatish hamda fikr almashish imkoniyatiga ham ega bo`ldilar. Tashrif yakunida milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida bo`lib o`tgan tadbir mehmonlarga ko`tarinki ruh bag`ishladi. Esdalik sovg`alari va samimiyat ufurib turgan fotolavhalar bu kunning unutilmas bo`lishida o`z hissasini qo`shdi.