2022-yilning 30-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Finlandiya ta’limini yurtimizda isloh qilishga qaratilgan seminar tashkil etildi. Seminarni Finlandiya va Yevropada o`qituvchilarni qayta tayyorlash va ta’limni rivojlantirish bo`yicha 25-yildan ortiq tajribaga ega o`quv dizayneri, ta’lim maslahatchisi Xanne Koli xonim olib bordi. Seminarda institutning professor-o`qituvchilari faol ishtirok etishdi va fin ta’limi bo`yicha o`zlarini  qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Finlandiyada ta’lim oltita asosiy tamoilga tayangan holda tashkil etilishi barchani e’tiborini tortdi. Xanne Koli xonim tomonidan fin maktabgacha ta’lim tizimi bo`yicha tayyorlangan taqdimot qiziqarli bahs-munozaralarga va xorijiy tajribani o`rganishga zamin bo`ldi.

Leave a Comment