- Posted on
- admin
- No Comments


Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining kasbiy tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida hozigi kunda mamlakatimizda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 93-maqsadida mamlakatning Xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish, hamkor mamlakatlar bilan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish, yirik tadbirlarda (xalqaro tashkilotlar doirasida va xorijiy hamkorlar bilan sherikchilik asosida hamda ikki tomonlama hamkorlik darajasidagi konferensiya, forum, seminar va davra suhbatlari) mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasi hamda umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surish vazifalari belgilangan.
Shu jumladan, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Xalqaro Nordik Universiteti bilan hamkorlikda Finlandiya ta’lim tizimining innovatsion texnologiyalarini mamlakatimiz ta’lim-tarbiya jarayonlariga olib kirish va bundan maqsadli foydalanish uchun 2023-yilning 20-yanvar kuni Finlandiyalik 20 yillik ish tajribasiga ega musiqashunos mutaxassis Aviv Ben Nevega bilan online uchrashuv tashkil etdi. Ushbu uchrashuvda maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish, Respublikamizning turli hududlaridan institutga malaka oshirish uchun kelgan musiqa rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama etildi. Finlandiyalik mutaxassis Aviv Ben Nevega hamda yil davomida institutga malaka oshirish uchun keladigan musiqa rahbarlari bilan online tarzda uchrashuv tashkil etish ishlari rejalashtirildi. Albatta bu ishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog-xodimlarining kasbiy mahoratini oshirib, ularning musiqa mashg’ulotlariga kreativ yondashuv usullarini takomillashtiriradi.