Institutimiz jahon tajribalari bilan tanishishda davom etmoqda. Joriy yilning 19-dekabr kuni YUNISEF hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun seminar o`tkazildi. Simenar davomida qatnashchilar YUNISEF tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan “Bebbo” ilovasi bilan tanishtirildi. Ushbu ilova turli yoshdagi bolalarni o`stirish va tarbiyalash uchun mutaxassislar maslahatlarini, turli ko`ngilochar va foydali o`yinlarni va ota-onalar uchun kerakli tavsiyalarni o`z ichiga olgan. Shuningdek, ilovada siz qabul qilingan va rejalashtirilayotgan emlashlar, tibbiy ko’riklar va boshqa ko’p narsalarni  ham qayd qilishingiz mumkin.

 

Leave a Comment