Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorlikda Nurafshon shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida onlayn va oflayn tarzda o‘quv-amaliy seminar o`tkazishdi. Unda institutimizning mustaqil tadqiqotchisi, p.f.f.d (PhD), dotsent N.Sh.Abdullayeva 13.00.07 — “Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DcS) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyaning tajriba-sinov ishlari yuzasidan seminar-treninglari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Abdullayevaning bolajonlar bilan kechgan qizg`in suhbati va o`yinlari kelajagimiz bunyodkorlari xotirasida yorqin iz qoldirdi.

 

Leave a Comment