Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-6097-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2023-yilning 13-yanvar kuni respublikamizda Germaniya, Turkiya, Rossiya va Fransiya kabi xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilari, magistrlari va talabalari ishtirokida “Xalqaro ilmiy forum” boʻlib oʻtdi.

Quvanarlisi shuki, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularnnig malakasini oshirish instituti “Maktabgacha taʼlim menejmenti” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Valiyeva Feruza Rashidovna “Pedagogika  fanlari boʻyicha eng yaxshi maqola” nominatsiyasida gʻolib deb eʼtirof etildi hamda “Ilm-fan iftixori” koʻkrak nishoni va sertifikat bilan taqdirlandi.

Leave a Comment