Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Ilmiy pedagogik faoliyatni muvofiqlashtirish va menejmentning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish” bo‘limi tomonidan ingliz tili kursi tashkil etildi. Ingliz tili darslari joriy yil 3-fevral kunidan boshlab haftada 2 marotaba seshanba va juma kunlari soat 10:00da boshlang‘ich (beginnerA1/A2) darajadagilar uchun va 14:30da O‘rta (intermediate B1/B2) darajadagilar uchun bo‘lib o‘tadi.

Leave a Comment