
Kuni kecha 25-may kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Koreya Respublikasining Puchon universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori Eshpo‘latov Komil Abdisalomovich, Puchon universiteti rektori Xan Djong Sok va xodimlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda ikkala ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi kunga qadar bergan samarasi e’tirof etildi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar salohiyatini yanada oshirish, ularga mukammal ta’lim-tarbiya berishda yangi metodlardan foydalanish, jahon talablariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va uni tadbiq etish borasida fikr almashildi. Uchrashuv so`ngida kelgusi rejalar to‘g‘risida kelishib olindi.
#tashrif #malakaoshirish #institut #koreya


