2022-yilning 21-sentyabr kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va musiqiy ta’lim kafedrasi Jizzax viloyatining Paxtakor pedagogika kollejida tashkil etilgan sayyor malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va metodik kvest tashkil etishdi. Sayyor malaka oshirish kursi tarbiyachilari sog‘lom, bilimdon, ijodkor, tolerant, san’atkor va toy bola obrazlari ko‘rsatib beruvchi sahna ko‘rinishlari bilan birga malaka oshirish kursi davomida olgan bilimlarini amaliy mahsulotlarini ko‘rgazma qilishdi. Tadbirda Jizzax viloyati boshqarma boshlig‘i va xodimlari, Paxtakor pedagogika kolleji jamoasi ishtirok etishdi. Tadbir yakunida MTTDMQTMOI rektori nomidan sayyor malaka oshirishni tashkil etishda tashabbus ko‘rsatgan Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i va a’zolariga, Paxtakor pedagogika kolleji direktoriga tashakkurnomalar topshirildi. Shu bilan birga Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan sayyor malaka oshirishni yuqori saviyada tashkil etilishda o‘z hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilar ham tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Leave a Comment