YUNESKO tashkilotining Toshkent shahrida bo`lib o`tishi kutilayotgan “Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi”da ko`ngilli bo`lib ishtirok etishi rejalashtirilgan bir qator oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan joriy yilning 2-3-noyabr kunlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushrashuvda talabalarga O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar, shuningdek istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.