Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida joriy yilning 2-dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro va milliy huquqiy asoslari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

     Ilmiy-amaliy konferensiyada huquqbuzarlikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish va undagi javobgarlik masalalari, odob-ahloq qoidalari, maktabgacha ta’lim tizimida qonunchilik ijrosi yuzasidan nazorat masalalari to`grisida tashrif buyurgan mutaxassislar o`z fikr va mulohazalarini qonuniy asoslar yordamida ishtirokchilarga yetkazib berishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatlari davomida duch kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul xodimlardan huquqiy tushunchalar olishdi.

Leave a Comment