Joriy yilning 9-10-avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida anʼanaviy Аvgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu anʼanaviy Аvgust konferensiyasini tashkil etishdan asosiy maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimida oʻtkazilayotgan ijtimoy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni joriy etishdir.

Anʼanaviy Аvgust konferensiyasining Respublika bosqichida Maktabgacha taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar, 2021/2022-O`quv yillar sarhisobi va 2022/2023-o`quv yilidagi asosiy vazifalar, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni   koʻrib chiqildi.

Anʼanaviy Avgust konferensiyasining Respublika bosqichida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari rahbar va mutaxassislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va metodistlaridan iborat 150 nafar tinglovchi ishtirok etishdi.  Konferensiya yakunida vazirlik rahbariyati tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi hamda 2021/2022-oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan rahbar va pedagog kadrlar ragʻbatlantirildi.

Leave a Comment