Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida joriy yilning 15-dekabr kuni “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari” nomi ostida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada malakali mutaxassislar, professor o’qituvchilar, fan doktorlari bevosita va bilvosita ishtirok etishdi. Ma’ruzachilar tomonidan ko’tarilgan dolzarb mavzular, o’rtaga tashlangan, yechimini kutayotgan savollar, bahs-munozaralar “Zoom” platformasi orqali butun respublikani qamrab oldi. Konferensiya davomida ishtirokchilarning ilmiy maqolalari jamlangan to’plam muhokama qilindi va yutuqlar alohida e’tirof etildi.