- Posted on
- admin
- No Comments



2022-yilning 21-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston davlat universiteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari va Guliston shahridagi 15-DMT tashkiloti direktor va tarbiyachilari uchun Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o`qituvchilari tomonidan simenar-trening tashkil etildi. Simenarda N.Abdullayeva o`zining 13.00.07- Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DcS) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi ishini pedagogik tajriba-sinov ishlarini seminar-trening shaklida o‘tkazdi. Kunning birinchi yarmida Yangiyer shahrida joylashgan Guliston Davlat Universitetining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashib, taqdimot qilindi va talabalarning fikr-mulohazalari bilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kunning ikkinchi yarmida Sirdaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi ko‘magida 15-DMTTda direktor va tarbiyachilari bilan davom etgan seminar har ikki tomon uchun ham foydali va mazmunli o`tdi.