2022-yilning 21-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlarni loyihalash va metodik ta’minlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va metodik kvest o‘tkazildi. Unda institutga malaka oshirish uchun turli hududlardan tashrif buyurgan xoreograflar ishtirok etishdi.
Kvestdan ko`zlangan asosiy maqsad bolalarda kognitiv qiziqishni va muammolarni ishtiyoq bilan hal qilish istagini faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. Tajribalar kvestning samarali va o‘ziga xos ta’lim texnologiyasi ekanligini isbotladi va institut jamoasi ham aynan shu sababdan ushbu texnologiyaga doir bilimlarni yanada keng yoyishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.