Joriy yilning 6-fevral kuni soat 9.00da 1/02-auditoriyada “Tarbiyachining pedagogik faoliyatini rejalashtirish” o’quv moduli bo’yicha “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ish hujjatlarini yuritish tartibi” mavzusida “Maktabgacha va musiqiy ta’lim” kafedrasi katta o’qituvchisi Rizayeva Munisaxon tomonidan ochiq dars otkazildi.
Ochiq darsda yoritiladigan vazifa: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachisining ish hujjatlari yig’ma jild indeksi “5” raqami bilan ro’yxatdan o’tkazildi va yuritilishi lozim bo’lgan hujjatlarning mazmuni, mohiyati ochib beriladi hamda pedagog savollari asosida bilimlari faollashtiradi.