Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o`zining badiiy uchrashuv va ilmiy treninglarini davom ettirmoqda. Joriy yilning 11-noyabr kuni institutning professor-o`qituvchilar hamda xodimlari uchun “Ma’rifat va huquqiy savodxonlik” doirasida “Oq va qora energetikalarni hayotga ta’siri” mavzusidagi seminar-trening bo`lib o`tdi.
Tabiatan haqiqatdan mavjud bo‘lgan narsalar ikkiga bo‘linadi. Oq va qora, halol va harom, yaxshi va yomon, kecha va kunduz, achchiq va shirin, kichik va katta, baland va past va hokozalar. Seminar-treningda Oq va qora juftliklari haqida fikr yuritildi. Korrupsiya va unga aloqadorlikning psixologik tomonlari haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berib o`tildi. Qizg`in munozaralar, psixologik trening va savol-javoblar bilan ko`tarinki ruhda o`tgan seminar-trening mashg`ulotiga “Uch qadrdonlar uchrashuvi” hikoyasi yakun yasadi.