
Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna
REKTOR
1968 yil 2 noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, matematik-injener, pedagogika fanlari nomzodi. Mehnat faoliyatini 1986 yilda Toshkent politexnika instituti elektron hisoblash apparatlarini konstruksiyalashtirish kafedrasida operator-programmist lavozimidan boshlagan. 1990-1995 yillarda Toshkent shahridagi 2-mehribonlik uyi kotibasi. 1995-1998 yillarda Hunar ta’limi ilmiy-tadqiqot instituti katta laboranti. 1998-2006 yillarda О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti ilmiy xodimi. 2006-2010 yillarda О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining “Pedagogik amaliyot” kafedrasi katta о‘qituvchisi. 2010-2018 yillarda О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti “Amaliy kasbiy ta’lim” kafedrasi mudiri, 2018-2022 yillarda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining о‘quv va metodik ishlar bо‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan. О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2022 yil 23-sentabrdagi 374-k-sonli buyrug‘i bilan N.F.Abdunazarova Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining rektori etib tayinlangan.