Joriy yilning 20-may kuni Innovatsion axborot texnologiyalari markazi va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy mahoratlarini oshirish, bolani maktab ta’limiga sifatli tayyorlashning samarali usullaridan foydalanish maqsadida Ilk qadam davlat o’quv dasturi asosida tashkil etilgan 12 soatlik o’quv amaliy semenar tashkil etildi. Bugungi semenar treningni Maktabgacha va musiqa kafedrasi katta o’qtuvchisi Rizayeva Munisxon Maxkamovna olib bordi. Semenarda bolalar rivojlanish xaritasi yuritishdagi xatolar va yozgi sog’lomlashtirish mavsumini to’g’ri tashkillashtirish bo’yicha metodik maslahat va tushunchalar berildi.