O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining buyrug’i bilan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlovga qadar Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.