- Posted on
- admin
- No Comments



19-dekabr kuni institutimiz professor-o`qituvchilari va xodimlari yana bir jahon tajribasi bilan o`z malakalarini oshirishdi. Bu galgi mehmonimiz EduLink Global bosh direktori Chungrim Xon xonim. Chungrin xonim 37 yillik tajribaga ega, shuningdek, TESOL (Boshqa tillarda so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish) bo‘yicha ikkinchi magistrlik darajasi bo`lib, Samsung, Hynix, Kolon xodimlari va ingliz tili o’qituvchilarini o’qitib, ularning malakasini oshirib kelmoqda. Bugungi ilmiy uchrashuvda ham Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi xodimlar, shuningdek Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o`qituvchi-professorlari bilan o`z tajribalari, bilim va ko`nikmalarini o`rtoqlashdi. Qiziqarli suhbat shaklida davom etgan uchrashuv har bir ishtirokchida ijobiy taassurot uyg`ata oldi. Bundan tashqari Chungrim xonim maktab yoshigacha bo`lgan bolalarga ingliz tilini o`rgatish bo`yicha to`plagan bilimlari va qo`llash mumkin bo`lgan qiziqarli va foydali metodlarini ham suhbat ishtirokchilari bilan bo`lishdi.