Maktabgacha Ta’lim Menejmenti Kafedrasi
- Kafedra tarixi
- Ilmiy faoliyat
- O'quv faoliyat
- Ma'naviy faoliyat
“MAKTABGACHA TA’LIM MENEJMENTI” KAFEDRASI
Kafedra 2018 yilda Maktabgacha ta’lim menejmenti kafedrasi sifatida faoliyatini boshlagan. Kafedraning bosh ilmiy mavzusi Maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion boshqaruvni takomillashtirish texnologiyalari. Mazkur kafedrada 2018 yil 4 ta:
- Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish, jahon tajribasi;
- Maktabgacha ta’lim muassasi xodimlarini boshqarish. Maktabgacha ta’lim muassasalarida majburiy mehnat;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish
- Maktabgacha ta’lim bo`limi faoliyatini samarali tashkil etishda rahbarning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalash modullari bo`yicha MT-1, MT-2, MT-3, MT-4, MT-5, MT-6, MT-7, MT-8, MT-9, MT-10, MT-11, MT-12 toifalari bo’yicha tinglovchilarga davlat talablari asosida bilim, ko`nikma va malakalarini muntazam oshirib borilgan.
2019 yilga kelib institutda 24 ta toifa shakllanttirildi.2018 yil iyul oyidan boshlab, kafedrada 6 nafar asosiy, 3 nafar soatbay professor-o’qituvchilar faoliyat yuritgan. Jumladan: ilmiy salohiyat 44%ni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi kunda 2 nafar professor, 5 nafar dotsent va 6 nafar katta o’qituvchilar, ilmiy salohiyat 40 foizni tashkil etadi.
Kafedra tashkil etilganda uning tarkibida dotsent P.Xolmatov, p.f.d. professor S.Turg`unov, p.f.n. Sh.Fayziyeva, t.f.n. dotsent N.Gulboyev, doktorant D.Pulatova, katta o`qituvchilar: Z.Kim, Z.Umataliyev, Sh.Boyjigitov, N.Mavlonov, R.Haydarov faoliyat ko`rsatgan.
2019 yil yanvar oyidan boshlab kafedra mudiri P.Xolmatov, professorlar A.Nigmatov va S.Turg`unov, dotsentlar: T.Saparov, A.Parmanov, H.Madraimov, Sh.Ne’matov, katta o`qituvchilar: Z.Umataliyev, Z.Umarov, Sh.Boyjigitov, N.Mavlonov, R.Haydarov, M.Hamdamova, G.Sharipova va A.Kamalovlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Ilmiy faoliyat
Kafedrada professori A.Nigmatov tomonidan “Ekoturizm va uning geografik xususiyatlari” nomli monografiyasi 2019 yil nashr etildi.
Mazkur kafedraning professor-o`qituvchilari muntazam ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug`ullanib kelmoqdalar. Kafedra mudiri P.Xolmatov “Uzluksiz ta’lim tizimida o`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish texnologiyasi” mavzusida doktorlik, katta o‘qituvchi G.Sharipova “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘z-o‘zini tarbiyasini rivojlantirish” mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasi va doktorant D.Pulatova “Xalq ta’limi xodimlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish mexanizmini takomillashtirsh” mavzusida PhD doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar.
Kafedraning boshqa katta o‘qituvchilari ham 2019 yil o‘zlarining yillik shaxsiy ish rejalariga ilmiy ish mavzusini tanlash va uni tasdiqlatish, doktoranturaga kirish kabi maqsadli vazifalarni belgilab qo‘yishgan.
KAFEDRADA 2019-O’QUV YILIDA O’QITILADIGAN MODULLAR RO’YXATI:
Maktabgacha ta’lim tizimida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash
Maktabgacha ta’lim sohasidagi horijiy tajribalar
Maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlari
Maktabgacha ta’limda sifat menejmenti
MTBlarni kadrlar bilan ta’minlash va ularni rivojlantirish
Maktabgacha ta’lim tizimida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni maqsadli sarflanishini tashkil etish
Hayot faoliyati xavfsizligi
Maktabgacha ta’lim tizimidagi horijiy tajribalar
Uslubiy yo‘nalishdagi turli xil tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish
Maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash me’yorlari
Maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorlash
Axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ijro intizomi
Davlat xususiy-sherikchilik asosidagi MTMlarini moddiy-texnik ta’minlash
Kadrlarni rivojlantirish
Maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish
MTMlarda malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash
Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijro intizomi
Boshqaruv lavozimlari ro‘yxatini o‘rganish, istiqbolli va amaldagi kadrlar zahirasini shakllantirish
O‘quv, seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish
Personalni boshqaruv
Pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish
Maktabgacha ta’lim tizimida ijro intizomi
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rejalashtirish
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalash
Maktabgacha ta’lim muassasalarining elektron (virtual) kutubxonasini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tizimi ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Elektron-axborot ma’lumotlar bazasini yaratish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or horijiy tajribalar
Maktabgacha ta’lim tizimidagi “OpenEMIS” elektron dasturi bilan ishlash
Maktabgacha ta’lim muassasasida interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.
Maktabgacha ta’lim tizimida axborot xavfsizligi
Masofaviy o‘qitish tizimidan foydalanish
Maktabgacha ta’lim muassasasasida ma’lumotlar bazasini joriy etish.
MA’NAVIY FAOLIYAT
Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishi bayonnomalar, hisobotlar asosida mavjud. Shuningdek, kafedraga biriktirilgan barcha malaka oshirish guruhlari rahbarlarining har bir oy uchun tinglovchilar bilan birgalikda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ish rejasi ishlab chiqilgan. Ish rejasi asosida kurs davomida guruhni institut va tinglovchilar turar joyidagi ichki tartib intizom qoidalari bilan tanishtirish, tinglovchilarini institutning ARM (kutubxona)siga a’zo bo‘lishiga amaliy yordam berish, tinglovchilar bilan teatlarga borib spektakllar tamosha qilish, guruh bilan birgalikda institutda tashkil etiladigan konkurslarda qatnashish, muhim sanalar va mutaffakkirlarning tavallud ayyomlari munosabati bilan o‘tkaziladigan davra suhbatlari tashkil etish, tinglovchilarni Respublika ilmiy pedagogik va boshqa kutubxonalarga tashrifini tashkil etish, shaharning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish, seminar va bayram tadbirlari o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy sohaga doir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlar, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik qarorlari, buyruqlari va modemnomalarida berilgan vazifalar ijrosi kafedra miqyosida va guruhlarda ta’minlanmoqda.
Jumladan: 1) Kafedra professor-o’qituvchilari va guruh rahbarlari tomonidan guruhlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ish rejasida “Tili omon bo‘lsa – o‘lmaydi millat”, “Baland hilpirayver millat g‘ururi”, “Vatan himoyachilari kuni”, “8 dekabr – Konstitutsiya kuni”, “9 fevral – Alisher Navoiy tavallud kuni”, “14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni” mavzularida davra suhbatlari hamda uchrashuv kechalari tashkil etish va o`tkazish muntazam yo`lga qo`yilgan;