2023 yil 20 fevral kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Hamroyev Shuxrat Sharofovich tomonidan Metodist – 4 guruhida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi o‘quv modulidan “Yangi O‘zbekistonda yangilanish va taraqqiyot omillari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mavzu mobaynida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar Yangi O‘zbekiston strategiyasining mustahkam tayanchi va suyanchi bo‘ladigan tarixiy-ma’naviy omil, ya’ni bizning eng katta boyligimiz – xalqimizning ulkan madaniy merosi, intellektual salohiyatining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tinglovchilarga yetkazildi. Ochiq dars guruhlarga bo‘lingan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etildi.