🤍 Institutimizda menejerlik kursi tinglovchilari uchun o‘quv jarayonlari boshlandi. Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan amaliy yondashuv asosida olib borilmoqda.
✅ O‘quv jarayonida tinglovchilar zamonaviy boshqaruv tamoyillari, strategik rejalashtirish, jamoani samarali boshqarish hamda rahbar uchun zarur bo‘lgan liderlik kompetensiyalarini mustahkamlashmoqda. Har bir dars — nazariya va real boshqaruv vaziyatlari uyg‘unligida tashkil etilmoqda.
🎯 Kursning asosiy maqsadi — rahbarlik faoliyatida mas’uliyatli va asosli qaror qabul qila oladigan, professional boshqaruv ko‘nikmalariga ega mutaxassislarni tayyorlash.
📌 Kuchli rahbar — kuchli tizim demakdir.
