AKSIYA DAVOM ETMOQDA!

“Shaxsiy kutubxonamdan – Institut kutubxonasiga!”

Ilm ulashish – eng yuksak savob, eng ezgu ish! Kitob esa – bu bilim, tafakkur va ma’naviyat manbai. Shu bois ham Institutda davom etayotgan “Shaxsiy kutubxonamdan Institut kutubxonasiga kitob sovg‘a qilaman” tashabbusli aksiyasi keng ko‘lamda davom etmoqda.

📚 Navbatdagi qadamlardan biri“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi tomonidan amalga oshirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z shaxsiy kutubxonalaridan ilmiy, badiiy, pedagogik hamda metodik adabiyotlarni Institut kutubxonasiga sovg‘a qilishdi.

🎯 Aksiya maqsadi:

  • Kutubxona fondini boyitish;

  • Tinglovchilar, talabalar va yosh tadqiqotchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;

  • O‘zaro bilim almashinuvi va ilmiy faollikni rag‘batlantirish;

  • Institut muhitida ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni kuchaytirish.

👐 Har bir kitob — bu bilim sari bir qadam

Professor-o‘qituvchilar tomonidan tuhfa etilgan har bir kitob — bu nafaqat moddiy sovg‘a, balki kelajak avlodga qoldirilayotgan ma’naviy merosdir. Ushbu aksiyada ishtirok etganlar bilimni ulashish, yoshlar uchun yangi manbalar yaratish, o‘z tajribasi va intellektual boyligini boshqalar bilan bo‘lishish orqali jamoaviy ilmiy madaniyatni shakllantirishga ulkan hissa qo‘shmoqdalar.

✅ Siz ham ishtirok eting!

📌 “Shaxsiy kutubxonamdan Institut kutubxonasiga” aksiyasi ochiq va davom etmoqda. Agar sizda ilmga xizmat qiluvchi, foydali kitoblar bo‘lsa – bizning safimizga qo‘shiling! Ilm ulashishning erta-kechi yo‘q! Har bir tuhfa – ertangi kun bilimli avlodining asosi!