Ta’lim tizimining zamonaviy bosqichida innovatsion yondashuvlar, kreativ fikrlash va ijodiy salohiyatni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi, tasviriy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi va tasavvurini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish o‘z samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Shu maqsadda “Maktabgacha va musiqiy ta’lim” kafedrasi pedagoglari Foziljon Po‘latov va Munisxon Rizayeva tomonidan Toshkent shahar Yangi Hayot tumani 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni noan’anaviy usulda rasm chizishga o‘rgatish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
🎯 Seminar-treningning asosiy yo‘nalishlari:
Rasm chizishning noan’anaviy uslublari (barmaq izi, paxta yordamida, tuzli bo‘yoqlar bilan, asimmetrik bosma va h.k.) haqida nazariy ma’lumotlar;
Har bir uslubning bola tasavvurini, motorikasini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishdagi o‘rni;
Amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarning metodik ko‘nikmalarini shakllantirish;
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining tasviriy faoliyatdagi interfaol yondashuvlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish.
🖌 Amaliy mashg‘ulotlar – ilhom manbai
Seminar-trening davomida ishtirokchilar turli ijodiy topshiriqlarni bajarishdi, noan’anaviy materiallardan foydalangan holda rasm chizish tajribasini sinab ko‘rishdi. Bu esa nafaqat bolalar uchun, balki tarbiyachilarning o‘zlari uchun ham ijodiy ilhom va yangilik bo‘ldi.
📌 Tadbir yakunida:
Tinglovchilarga amaliy tavsiyalar, metodik ko‘rsatmalar va seminar-trening haqida elektron materiallar taqdim etildi. Ishtirokchilar mazkur seminar-treningni maktabgacha ta’limda amaliyotga joriy etish uchun foydali deb baholadilar.