Pedagoglarning kasbiy mahorati
Kasbiy kompetentlik
Mutaxassis tomonidan kasbiy vazifalarning samarali echimini ta’minlashga xizmat qiluvchi bilim, ko`nikma va malakalarning egallanishi va ularni amaliy faoliyatda yuqori darajada qo`llay olish layoqatidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan har bir mustaqil yo`nalish bo`yicha integrativ bilimlar va kompetentsiyalarni o`zlashtirilishni nazarda tutadi
Metodik kompetentlik
O`quv-tarbiya va boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalarini bilish, o`zlashtirish, amalda qo`llash, kasbiy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlil eta olish, ilg’or pedagogik va xalqaro tajribalarni o`rganish, o`quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`nikmalari bilan tavsiflanadi
Innovatsion kompetentlik
Ta’limdagi innovatsion jarayonlar mohiyatidan xabardorlik, kasbiy faoliyat sohasi va tegishli ta’lim yo`nalishidagi innovatsiyalarni o`zlashtirish, amaliyotga faol tatbiq etish, zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi savodxonlik, chet tillarni o`zlashtirish, novatorlik faoliyatida ko`rinadi