INSTITUT HAQIDA

  MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

Markaziy bino

Maktabgacha ta’lim muassasalari raxbar va mutuxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Instituti о‘z faoliyatini 2017 yil 5 dekabr kunidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi “О‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5198-son Farmoni va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-sonli Qaroriga asosan yо‘lga qо‘ydi.

Institut О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tarkibiy bо‘linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat kо‘rsatadi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta’lim tizimini metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
  • о‘quv-tarbiya jarayoniga, xususan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, о‘qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
  • maktabgacha ta’limning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi о‘quv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, о‘yin va о‘yinchoqlar sonini kо‘paytirish;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bо‘yicha metodik ishlarni tashkil etish;
  • о‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bо‘yicha rahbarlar va mutaxassislar kо‘nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim sifatini baholash;
  • xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, kо‘rgazmalar va boshqa tadbirlar о‘tkazish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, О‘zbekistonda faoliyat kо‘rsatayotgan shunga о‘xshash xalqaro maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
  • xorijiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining о‘qituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilg‘or tajribani almashish uchun qisqa muddatli seminarlar tashkil etish.