Ijtimoiy fanlar kafedrasi

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarixi

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarining qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi 2018 yilda tashkil etildi. Dotsent T.A.Saparov 2018 yilda kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordi. Mazkur kafedrada, kafedra nizomi, kafedraning yillik ish rejasi, malaka oshirish kurslarining barcha toifalari uchun о‘quv modullari, ishchi dasturlar, malaka ishi mavzular rо‘yxati, professor-о‘qituvchilarining dars soatlarining taqsimoti, shaxsiy rejalari ishlab chiqilib tasdiqlangan. Malaka oshirish kurslari bо‘yicha ishchi dastur va о‘quv-uslubiy majmualar asosida malaka oshirish kurslarining barcha toifalari bо‘yicha testlar banki ishlab chiqildi.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-о‘qituvchilar tomonidan barcha modullar bо‘yicha о‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqdilar. Kafedraning bosh ilmiy mavzusi: “Maktabgacha ta’lim tizimida vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish” deb nomlandi.

Kafedrada o'quv faoliyati:

2019 yil kafedrada “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar bо‘yicha falsafa doktori RhD. SH. Otaqulov rahbarligida, shtat bо‘yicha dotsentlar X.Samatov, N.Akayevalar, katta о‘qituvchilar i.f.n A.Nurullayev, E.Xaitov, M.Rasulova, D.Rasulova, B.Matchanov, F.Tursunov, H.G‘ofurov, A.Mamataliyev, F.Xolsaidovlar, о‘qituvchi L.Axmedova faoliyat yuritmoqdalar.
Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan modullar bо‘yicha tarqatma materiallar, taqdimotlar tayyorlanib, tinglovchilarga kerakli bо‘lgan о‘quv-metodik tavsiyalar va amaliy yordamlar berib borilmoqda.
Kafedrada yuqori tashkilotlardan kelgan xatlar, meyoriy xujjatlar va kо‘rsatmalar qayd qilish daftariga rо‘yxatga olinib, topshiriqlar kafedra professor-о‘qituvchilariga tanishtiriladi hamda kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, tegishli topshiriqlar berilib bayonnomalashtiriladi.

Ilmiy faoliyat

Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan ilmiy-metodik ishlarni bajarish bо‘yicha shaxsiy ish rejaga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan modullar bо‘yicha о‘quv-mavzu rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Jumladan katta о‘qituvchi M.J.Rasulova “Amaliy xorijiy til” moduli bо‘yicha, dotsent X.Samatov “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda ularning muqobil turlarini turlarini tashkil etishning huquqiy-meyoriy asoslari” moduli bо‘yicha, katta о‘qituvchi E.Xaitov “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” moduli bо‘yicha hamda “Tanlov” о‘quv modullari bо‘yicha ma’ruza matnlari, tinglovchilar bilimining reyting nazorati uchun testlarning yangi variantlarini, yangi kiritilgan о‘quv moduli bо‘yicha namunaviy (ishchi) dasturlar ishlab chiqdilar.
2. Malaka oshirish kurs tinglovchilari uchun malaka ishlari mavzulari yangidan shakllantirildi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlandi.
3. Barcha modullarning ishchi dastur asosida о‘quv-uslubiy majmualari va test savollari banki ishlab chiqildi.
4. Malaka oshirish kurs tinglovchilari bilan malaka ishi, mustaqil ta’lim bо‘yicha maslahatlar tashkil etildi.
5. Kafedra tasarrufidagi MOK tinglovchilari bilan о‘tkaziladigan ma’naviy – ma’rifiy va о‘quv metodik tadbirlar mavzulari ishlab chiqildi va samaraliy mazmunda о‘tkazishga erishildi.

ILMIY-TADQIQOT ISHLARI

Kafedra professor-о‘qituvchilari Respublika va xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya, fan taraqqiyotiga xizmat qiluvchi boshqa tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar bо‘yicha falsafa doktori (RhD) SH. Otaqulov doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Kafedra katta о‘qituvchi M.Rasulova “Umumiy о‘rta maktablarda ingliz tilini о‘qitishni jadallashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Kafedra dotsenti Samatov.X tomonidan 2018 yil fevral oyida “Milliy о‘zlikni anglashning ijtimoiy falsafiy taxlili” mavzusidagi Turon jurnali 2-soni, 2018yil noyabrda “Mafkuraviy immunitet ximoyasi” Ma’naviy hayot jurnali. “Yoshlar tarbiyasida psixologik bilimlarni о‘rni” 2018 y noyabr Ilmiy axborotlar jurnali TDPU 4-son maqolalari e’lon qilindi. Kafedra katta о‘qituvchisi B.Matchanov tomonidan “Bebaho ma’naviy merosimizni yoshlarimiz ongiga chuqur singdirish orqali ma’naviy tahdidlarga qarshi turish va о‘z vatanlariga bо‘lgan muhabbat hissini yuksaltirish” , “Diniy qadryatlar va ularni yosh avlod tarbiyasidagi о‘rni” maqolasi Pedagogik jarayon (ilmiy – nazariy maqolalar tо‘plami) e’lon qilindi.
Kafedra katta о‘qituvchisi E.Xaitov tomonidan “Yoshlar tarbiyasida psixologik bilimlarni о‘rni” Ilmiy axborotlar jurnali TDPU 4-sonida maqolalari e’lon qilindi.

Ma’naviy faoliyat

2018 yil Ma’naviy–ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bо‘yicha malaka oshirish kurslari uchun modul kesimida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Kafedra professor-о‘qituvchilari umumxalq hasharlarida faol ishtirok etdilar shuningdek “Tinglovchilar turar joyi”da tinglovchilar bilan davra suhbati о‘tkazildi.
Mustaqillikning 27 yilligi” ga bag‘ishlab davra suhbati о‘tkazildi. 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar ” kuni munosabati bilan davra suhbatlari tashkil qilindi.
Kafedra katta о‘qituvchisi E.Xaitov tomonidan 2018 yil 13 noyabrda “Tinchlik-oliy ne’mat” mavzusida institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirokida davra suhbati о‘tkazildi. Kafedra dotsenti N.Akayeva tomonidan 2018 yil 17 noyabrda davlatimiz bayrog‘ini qabul qilinganligiga 27 yil tо‘lishi munosabati bilan institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirokida davra suhbati о‘tkazildi. Kafedra dotsenti f.f.n X.Samatov va katta о‘qituvchi H.G‘ofurovlar tomonidan 2018 yil 23 noyabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalarida davlat va jamiyat haqidagi fiklari bо‘yicha institut professor-о‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirokida davra suhbati о‘tkazildi.
Dekabr oyida professor-о‘qituvchilar tomonidan institutda 8 dekabr “Konstitusiya kuni”ga bag‘ishlangan tadbir yuqori saviyada о‘tkazildi. Unda atta о‘qituvchilar H. G‘ofurov, F. Tursunovlar о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Respublika oila ilmiy-amaliy markazining rahbari D.Toshmuhammedova bilan davra suhbati tashkil qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari tinglovchilar о‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi” kо‘rik tanlovini tashkil qilish rejalashtirilgan.
9-fevral kuni Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tinglovchilar turar joyida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-о‘qituvchilari ishtirokida «Alisher Navoiy – millat tarbiyachisi» mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

Institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar bо‘yicha falsafa doktori RhD. SH. Otaqulov Alisher Navoiyning mamlakatimiz adabiy tarixida tutgan о‘rni haqidagi fikrlari bilan davra suhbatini ochib berdi.
Institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori N. Mamatovning “Alisher Navoiy bola tarbiyasi tо‘g‘risida” mavzusi bо‘yicha ma’ruzasi tinglovchilarda katta ta’surot qoldirdi.
Davra suhbati davomida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi H.G‘ofurov yig‘ilganlarga Alisher Navoiyning о‘zbek tilining adabiy til sifatida hamda jahonga tanilishida ular tomonidan yaratilgan asarlarning roli benihoya katta ekanligi va о‘z davrida ilk bor turkiy, ya’ni eski о‘zbek tilida ijod qilishga qadam qо‘yganligi haqida, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchisi F.Tursunov Alisher Navoiy о‘z asarlarida komil insonni tarbiyalashda a’lohida e’tibor qaratganligi va о‘z asarlarida yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalashga a’lohida e’tibor qaratganligi haqida ta’kidlab о‘tdi.

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta о‘qituvchilari B.Matchanov va E.Xaitovlar Alisher Navoiyning о‘z davrida ta’lim-tarbiyani rivojlantirish uchun о‘zining shaxsiy mablag‘lari hosobidan maktablar, madrasalar barpo etganligi haqidagi ma’lumotlarni aytib о‘tdi. Davra suhbati sо‘ngida tinglovchilar tomonidan Navoiy ilmiy me’rosi namunalaridan iqtibos keltirildi.